2021 yilgi Davlat dasturi loyihasi infografika ko'rinishida

    Mamlakatimizda 19 Yanvar 2021 5800

    «2017–2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «YOshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to'g'risida»gi Prezident farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

    Farmon loyihasiga ko'ra, 2021-yilga mo'ljallangan Davlat dasturi loyihasi tasdiqlanishi nazarda tutilgan. Loyiha 276 banddan iborat.

    Dasturning dastlabki loyihasini tayyorlashda Oliy Majlis palatalari, barcha vazirlik va idoralar, xorijiy tashkilotlar ekspertlari, jamoatchilik vakillarining 3 mingdan ortiq taklif va fikr-mulohazalari atroflicha muhokama qilindi. OAV va ijtimoy tarmoqlardagi tanqidiy materiallarning tahlili o'tkazildi, aniq chora-tadbirlar belgilandi.

    Farmon loyihasi jamoatchilik.uz platformasiga ham joylashtirilgan.