Shunday qilib, to'liq elektr avtomobillar savdosi avvalgi yilga nisbatan 68 foizga o'sdi - 7,8 million donagacha.
Yevropada elektr transport vositalarining umumiy savdodagi ulushi 11 foizni, Xitoyda esa 19 foizni tashkil etdi.
2022-yilda Yevropa bozoridagi gibrid avtomobillar avtomashinalar sotuvining jami 20,3 foizini tashkil etdi.
Germaniya avtomobil sanoati assotsiatsiyasi ma'lumotlariga ko'ra, elektr motorli avtomobillar o'tgan yili Germaniyada ishlab chiqarilgan avtomobillarning 25 foizini tashkil qilgan. Dekabr oyida ularning Germaniyadagi sotuvi ichki yonuv dvigatelli avtomobillar sotuvidan oshib ketdi.
Umuman olganda, global avtomobil savdosi o'tgan yili 1 foizga tushib, 80,6 million donani tashkil etdi. Ular AQSHda 8 foizga, Yevropada 7 foizga, Xitoyda esa 4 foizga kamaydi, deyiladi korrespondent.net saytida.