Oʻrganishlar natijasida, 212 ta uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan 18,1 mlrd soʻm mablagʻlar maqsadsiz sarflangani aniqlandi.
Xususan:
- 15 ta holatda qurilish-taʼmirlash ishlar hajmiga 778,9 mln soʻm qoʻshib yozilgan;
- 18 ta holatda 758,1 mln. soʻm kredit mablagʻi talon-taroj qilingan;
- 149 ta holatda mulkdorlardan yigʻilgan 15,5 mlrd soʻm majburiy badal mablagʻi maqsadsiz ishlatilgan;
- 15 ta holatda 1,1 mlrd. soʻmga teng boshqa huquqbuzarlik va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan.
Huquqbuzarlarga tegishli choralar qoʻllanildi. Jumladan:
- 50 ta shirkatning mansabdor shaxslari jinoiy javobgarlikka tortilgan;
- 6 ta shirkat rahbariga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qamoq jazosi qoʻllanilgan;
- 700 mln soʻmdan ortiq mablagʻlar shirkatlar hisob raqamiga qaytarilgan.