2022-yilning birinchi yarimida eksport hajmini 283,8 mln dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda

    Joriy yilning yanvar-may oylarida “Oʻzbekneftgaz” AJ uchun belgilangan maqsadli eksport koʻrsatkichlari prognozi 157,2 mln dollarni tashkil etib, reja koʻrsatkichi 162,4 foizga bajarildi.

    2021-yilning yanvar-may oylarida eksport koʻrsatkichlarining hajmi 185,5 mln dollarni tashkil etgan boʻlsa, ushbu koʻrsatgich joriy yilning mos davri bilan taqqoslanganda 69,8 mln dollarga oshgan yoki oʻsish surati 137,6 foizga koʻtarilgan.

    Eksport hajmi quyidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hisobiga amalga oshirilmoqda:

    “Oʻzbekneftgaz” AJning boshqarmalari tomonidan – 19,5 mln dollar;

    Buxoro neftni qayta ishlash zavodida tomonidan – 8,6 mln dollar;

    “Uz-kor gaz chemical” QK – 105,2 mln. dollar;

    24,0 mln dollarlik boshqa xizmatlar boʻyicha eksport hajmlari amalga oshirildi.

    Mintaqadagi siyosiy vaziyatda ham eksport salohiyatini tushirmaslik uchun barcha imkoniyatlar ishga solinib, Turkiya, Yevropa va Osiyo davlatlaridan ikkilamchi importyorlarga mahsulotlarni eksport qilish ishlari davom ettirilmoqda.

    Eksport qilinadigan davlatlar geografiyasini kengaytirish hisobiga 2022-yilning birinchi yarimida eksport koʻrsatkichlari hajmini 283,8 mln dollarga yetkazish yoki prognoz koʻrsatkichlarni 146,0 foizga bajarilishini taʼminlanishi kutilmoqda.

    “Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati