2023-2024-o‘quv yili uchun 193 mingdan ziyod abituriyent talabalikka tavsiya etildi

    2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

    Shundan:

    42 655 nafari — davlat granti;
    150 766 nafari — to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.

    Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti:

    Kunduzgi ta’lim shakli — 129 927 nafar;
    Sirtqi ta’lim shakli — 49 852 nafar;
    Kechki ta’lim shakli — 10 752 nafar;
    Masofaviy ta’lim shakli — 2 890 nafar.

    Tanlov natijalariga ko‘ra:

    davlat granti asosida o‘rtacha ball — 119,3 ballni;
    to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball — 93,3 ballni tashkil etdi.