AOKAda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari U. Sharifxodjayev va boshqa mutasaddilar ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida tizimda 2023-yil 1 yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi:
Mamlakatimizda ma’muriy islohotlar natijasida maktabgacha va maktab ta’limi tizimi birlashtirilib, bugungi kunda tizimda 10 296 ta maktab va 29 420 bog‘chalarda 8 yarim mln. nafarga yaqin tarbiyalanuvchi va o‘quvchiga salkam 700 ming nafar pedagoglar ta’lim va tarbiya berib kelmoqda.
Ta’limda global hamkorlik, UNICEF, UNESCO, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa tashkilotlari bilan hamkorlikda maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi.
MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMI
Shu kunga qadar 60 ta yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etilib, 36 ta to‘liq kunlik tayyorlov guruhlari tashkil etildi.
647 655 nafar 6 yoshli bolalar (90 foiz) maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrab olinib, shundan, 186 881 nafari (7 499 ta guruh) majburiy bepul bir yillik boshlang‘ich ta’limga tayyorlov guruhlariga, 380 544 nafari (10 256 ta) to‘liq kunlik tayyorlov guruhlariga, 80 230 nafari (3 210 ta) qisqa muddatli tayyorlov guruhlariga qamrab olindi.
Bugungi kunda umumiy quvvati 56 400 o‘ringa mo‘ljallangan 1 624 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish bo‘yicha bitim imzolandi.
Jahon banki, PIU, UNICEF kabi xalqaro tashkilotlar birgalikda Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 40 soatga mo‘ljallangan qisqa muddatli malaka oshirish kursning o‘quv dasturi ishlab chiqildi.
Xalqaro MELQO ta’lim sifatini baholash tizimi milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda adaptasiya qilindi.
PEDAGOGLAR SALOHIYATINI OSHIRISH VA ULARNING JAMIYATDAGI MAVQEI
“Hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida 309 ming nafar pedagoglarning malakasi oshirildi.
180 ming nafari malaka oshirish markazlarida, 123 ming nafari “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi orqali, 1 145 nafari OTM va NTTlarida malakasi oshirildi.
323 nafar pedagoglar yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasida metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlariga munosib nomzodlar saralab olindi.
Pedagoglarni malakasini oshirish uchun xorijiy mutassislar jalb etildi (maktabgacha ta’lim tizimiga 3 nafar, Prezident va ijod maktablariga 62 nafar, umumta’lim maktablariga 188 nafar).
Buyuk Britaniyaning Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlikda 28 nafar maktab o‘qituvchilari hamda liderlari uchun tashkil etilgan PDQ dasturi bo‘yicha kurs o‘tkazilib, 10 nafar pedagog Cambridge Assessment tashkilotining (PDQ) xalqaro sertifikatiga ega bo‘lishdi.
FAN OLIMPIADALARIDA ERISHILGAN YUTUQLAR
Mahalliy fan olimpiadalarida respublika bo‘yicha barcha fanlardan jami 1,15 mln o‘quvchi ishtirok etdi
Xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchilar 8 ta oltin, 24 ta kumush, 31 ta bronza jami 63 ta medallarni qo‘lga kiritdi.
Mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchilar 6 ta oltin, 23 ta kumush, 23 ta bronza jami 52 ta medallarni qo‘lga kiritdi.
Nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida (Xalqaro kimyo olimpiadasi (ICHO) 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza; Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO) 3 ta bronza; Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) 3 ta bronza; Xalqaro fizika olimpiadasi (IPHO) 1 ta bronza medallari) jami 11 ta medalni qo‘lga kiritdi.
DAVLAT XIZMATLARI
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1- iyuldagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentlarga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali 5 ta turdagi davlat xizmati ko‘rsatib kelinmoqda.
Ma’lumot uchun 2023-yil davomida:
- 35 571 nafar fuqarolarga shahodatnoma dublikati berildi;
- 9 307 nafar fuqarolarning eksternat tartibida imtihonlarda qatnashish uchun arizalari qabul qilindi;
- 684 nafar xorijiy davlatda umumiy o‘rta ta’lim olgan fuqarolarning xujjatlari nostrifikasiya qilindi;
- 145 nafar chet el fuqoralarining farzandlari maktabga qabul qilindi;
- 11 416 nafar ota-onalar farzandini bir maktabdan boshqa maktabga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalandi.
O‘quvchi-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish, masofaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida ishlab chiqilgan “Masofaviy ta’lim platformasi axborot tizimi”ga (Maktab.uz)ga joylashtirilgan maktab o‘quv dasturiga tegishli video kontent 20 452 taga, taqdimot 6 372 taga va 1-4-sinf o‘quvchilari uchun 3D animasion va multiplikasion kontentlar 738 taga yetkazildi. Foydalanishda qulaylik yaratish uchun tizimning mobil versiyalari ham ishga tushirildi.
2022-2023 o‘quv yilida 2 791 ta kompyuter sinf xonalari (qariyb 40 ming dona kompyuterlar), 800 ta interaktiv doska va 442 ta to‘plam robototexnika jihozlari maktablarga yetkazib berildi. 3 200 ta maktablarda qo‘shimcha Wi-fi hududlari (zonalari) tashkil etildi.
Internet tarmog‘i yordamida umumta’lim maktablarida vazirlik tomonidan yaratilgan elektron ta’lim resurslari (kitob.uz, edumarket.uz, edukids va boshqalar)da ishlash, ochiq onlayn kurslaridan foydalanish, qo‘shimcha ta’lim olish uchun YouTube va boshqa platformalardan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Ishlab chiqilgan barcha kontentlar Vazirlikning ta’lim platformalariga va YouTube dagi kanallariga bosqichma-bosqich joylashtirib borilmoqda.