Har yili respublika boʻylab ikki bosqichda “Toza havo” oyligi oʻtkaziladi.
Jumladan, 2023-yili ham “Toza havo” oyligi davomida jami 318 556 ta avtotransport vositalari ekologik nazoratdan oʻtkazildi.
Tyekshirilgan texnikalarning 8652 tasi yoki 2,75 foizi atmosferaga meʼyoridan ortiq zaharli tashlamalar chiqarayotgani aniqlandi, deya xabar beradi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi.
Taʼkidlanishicha, belgilangan normalarini qoʻpol ravishda buzgan 3329 ta avtotransport haydovchisiga nisbatan umumiy 553 153 mln soʻm jarima choralari qoʻllanildi hamda 2914 ta texnika vositasining harakati vaqtinchalik toʻxtatib qoʻyildi.
“Tekshirilgan avtotransport vositalarining 1043 tasi yoki 2,2 foizida ishlatilgan gazlarining ifloslantiruvchi moddalari miqdori oʻrnatilgan meʼyorlardan yuqoriligi aniqlandi va avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish shaxobchalariga yuborildi.
“Toza havo” oyligi davomida atmosferaga jami 209 232 tonna ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining oldi olindi”, deyiladi vazirlik xabarida.