Qayd etilishicha, ushbu holat Kattaqoʻrgʻon tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boʻlimi davlat inspektorlari va mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan oʻrganilgan.
Maʼlum boʻlishicha, mazkur holat Kattaqoʻrgʻon tumani “Shoʻrak” qishlogʻida yashovchi fuqaro tomonidan xonadonida kushxona tashkil etib, bir necha eshaklarni soʻyib, goʻshtini sotish bilan shugʻullanib kelayotganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat toʻliq bartaraf etilib, kushxona faoliyatiga chek qoʻyildi. Noqonuniy faoliyat yuzasidan esa, qonuniy chora qoʻrish maqsadida bayonnomalar tuzilib, tegishli idoralar tomonidan huquqiy baho berilmoqda, — deyiladi xabarda.








