Anjuman davomida vazirlik mutaxassislari tomonidan 2023-yil davomida “Tashabbusli byudjet” loyihasi uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar, ovoz berish jarayonida amalga oshirilayotgan yangiliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etildi.

“Tashabbusli byudjet” loyihasi boʻyicha joriy yil birinchi mavsumi doirasida taklif kiritish jarayonlari yakunlanib hozirda tuman/ shahar ishchi komissiyalari tomonidan moderatsiya jarayonlari amalga oshirilmoqda.

18-mart kuni soat 10:00 da ovoz berish jarayonlariga start berilib, ushbu jarayonlar 7-aprelga qadar davom etadi.

“Tashabbusli byudjet” jarayonlari uch bosqichli kalendar rejaga asosan amalga oshiriladi bunda:

1-bosqich: fuqarolar oʻz takliflarini batafsil koʻrinishda qoldiradi — 6-fevraldan 25-fevralgacha;

2-bosqich: fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar moderatsiya jarayonidan oʻtkaziladi — 26-fevraldan 17-martgacha;

3-bosqich: moderatsiyadan oʻtkazilgan takliflar ovoz berish jarayoniga oʻtkaziladi —18-martdan 7-aprelga qadar davom etadi.