2023-yili Samarqand shahrida Turkiy davlatlar kasaba uyushmalari tashkilotiga asos solindi

    Kasaba uyushmalari faoliyatining yangi qirralari nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda ham ularning oʻrni va nufuzi ortib borishiga xizmat qilmoqda.

    Federatsiya tashabbusi bilan 2021-yilda Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari kasaba uyushmalari kengashi tuzildi.

    2023-yilda Samarqand shahrida Turkiy davlatlar kasaba uyushmalari tashkilotiga asos solindi.

    Federatsiya oʻtgan yili Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga aʼzo boʻlgani uning dunyodagi mavqeini yangi bosqichga olib chiqadigan tarixiy voqea boʻldi.

    Federatsiyaning ijtimoiy himoya, gender tenglikni taʼminlash, xodimlar va ularning oila aʼzolarini sogʻlomlashtirish, madaniyat va sportni rivojlantirish borasidagi saʼy-harakatlari ham toʻliq qoʻllab-quvvatlandi.