2024-yilgi kikboksing bo‘yicha jahon kubogi Toshkentda o‘tadi

    Portugaliyada boʼlib oʼtayotgan kikboksing boʼyicha jahon chempionatida Oʼzbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

    Chempionat doirasida oʼtkazilgan yigʼilishda Jahon kikboksing assotsiatsiyasi (WАKO) prezidenti Roy Baker tomonidan 2024 yilda boʼladigan jahon kubogiga Toshkent shahri mezbonlik qilishi eʼlon qilindi.

    Jahon chempionatining saralash bahslarida Mahmud Hayotov, Zarifjon Istamov, Faxriddin Eminov, Husniddin Shahobiddinov, Mavlonbek Muhammadjonov, Xurshida Jalilova hamda Ruhshona Shuhratova oʼz yoʼnalishi va vazn toifasida gʼalaba qozonib, keyingi bosqichga yoʼl oldi.