Mazkur musobaqada Respublikamizning barcha viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelgan 1100 nafar sportchilar kikboksingning kik-layt, layt-kontakt, ful-kontakt, lou-kik, yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.
Turnirni o‘tkazishdan maqsad joriy yil dekabr oyida Tailand davlatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Osiyo chempionati uchun kuchlilarni saralab olish va terma jamoa safini kengaytirish.
Musobaqa 20-noyabr kunigacha davom etadi.