Kecha, 18-dekabr kungi musobaqada oʻzbekistonlik kikboksingchilar 6 ta oltin medal sovrindori boʻldi:
1. Abdumurotov Davlatbek — 67 kg;
2. Kosolapov Sergey — 69 kg;
3. Maxmudov Nazarbek — 51 kg;
4. Baratov Hsanxon — 91 kg;
5. Azimov Murodbek — 91 kg;
6. Baratov Husanxon — 91 kg.
Osiyo chempionatida 22 nafar kikboksing sport ustasi 27 ta yoʻnalishda mamlakatimiz sharafini himoya qildi. Chempionat sarhisobiga koʻra sportchilar 24 ta medalni qoʻlga kiritdi:
10 ta oltin;
9 ta kumush;
5 ta bronza.
Quvonarlisi, sportchilarning 6 nafari Jang sanʼati jahon oʻyinlari yoʻllanmasi uchun belgilangan vazn toifasida kurashib, ularning uchtasi keyingi yil Ar-Riyodda boʻlib oʻtadigan Jahon oʻyinlari musobaqasida qatnashish imkoniyatiga ega boʻldi.
Kelgusi yilda Ar-Riyodda boʻlib oʻtadigan jang sanʼati jahon oʻyinlarida Oʻzbekistondan birinchi marta kikboksing ustasi sifatida yurt bayrogʻini koʻtaradigan sportchilar tanishing:
Istamov Zarifjon — 60 kg;
Kosolapov Sergey — 69 kg;
Choriyeva Malika — 65 kg.