Kikboksing: Sarvinoz Tursunova kumush medalni qoʻlga kiritdi

    Sport 9 Mart 2025 1021

    Italiyada sportning kikboksing turi boʻyicha jahon kubogi boʻlib oʻtmoqda.

    Qayd etilishicha, ushbu musobaqada Xovos tumani 1-sonli sport maktabi oʻquvchisi Sarvinoz Tursunova muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritdi.

    Sarvinoz Tursunova oʻzining chidamliligi va maydondagi mahorati bilan kuzatuvchilarni hayratga soldi. Uning bu gʻalabasi nafaqat Xovos tumani, balki butun viloyat uchun muhim boʻldi.

    Sarvinoz jahon kubogida yuqori natijalarni namoyon etdi va kelajakda yanada katta marralarga erishish uchun kuchli poydevor yaratdi.