2025-2026-yillarda Mikro GESlarni qurish va ishga tushirish boʻyicha keng koʻlamli dastur amalga oshiriladi

    Taraqqiyot va tiklanish fondi tomonidan 10 mln dollar miqdoridagi kredit liniya va Jahon bankidan jalb qilinadigan 150 mln dollar miqdoridagi imtiyozli kreditlar MikroGESlar qurilish bilan bogʻliq xarajatlarga yoʻnaltiriladi.

    Prezidentimizning 2025-yil 28-martdagi PQ-129-son qaroriga muvofiq, 2025–2026-yillarda respublika hududlarida mikro gidroelektr stansiyalarini qurish va ishga tushirish boʻyicha keng koʻlamli dastur amalga oshiriladi.

    Bunda, mikro gidroelektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanishga qiziqish bildirgan tadbirkorlik subyektlariga bir qator qulayliklar yaratiladi.

    Ushbu qarorning asosiy maqsadi — mamlakatning barqaror energetika taʼminotini taʼminlash, mikro va kichik gidroelektr stansiyalarni joriy etish orqali qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish hisoblanadi.

    Qarorning asosiy yoʻnalishlari:

    • Mikro GESlar qurilishi: 2025–2026-yillarda tuman va shaharlar kesimida mikro gidroelektr stansiyalarini qurish va ishga tushirish boʻyicha manzilli roʻyxatlar tasdiqlandi.
    • Moliyalashtirish: Loyihalarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar davlat byudjeti, xalqaro moliya institutlari va xususiy investorlar hisobiga jalb etiladi.
    • Taʼlim va malaka oshirish: Energetika sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

    Shaffof va manfaatli takliflar:

    • “Yashil energiya” MCHJ tomonidan “tayyor loyiha” sifatida tadbirkorlarga loyihani auksiondan olish imkoniyati yaratildi.
    • Tadbirkorlarga namunaviy loyiha hujjatlari tayyorlanib berildi.
    • Elektron onlayn savdolarini yengillashtirish maqsadida yangi reglament ishlab chiqiladi.

    Taraqqiyot va tiklanish fondi tomonidan 10 mln dollar miqdoridagi kredit liniya va Jahon bankidan jalb qilinadigan 150 mln dollar miqdoridagi imtiyozli kreditlar MikroGESlar qurilish bilan bogʻliq xarajatlarga yoʻnaltiriladi.

    Mikro va kichik gidroelektr stansiyalarga qiziqish bildirgan taqdirda quyidagi havola orqali yangi va amaldagi auksion savdolari bilan tanishish imkoniyati mavjud:

    (“E-AUKSION” || Lotlar — Yangi lotlar, Elektr stansiyalarini qurish huquqi)

    Mazkur loyihalarga tadbirkorlarga yordamlashish, mavjud muommolariga qisqa fursatlarda yechim topish maqsadida viloyat hokimliklarida shtab tashkil etildi.