Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi farmoni (PF-70-son, 21.04.2025-y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2025-yilda xususiylashtirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
- 30 trillion soʻmlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotish va kamida 10 trillion soʻm tushumni taʼminlash;
- davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli 115 ta jamiyat ustav kapitalidagi ulushlarni, 659 ta koʻchmas mulk obyektini va 6,1 ming gektar yer uchastkalarini savdoga chiqarish;
- dastlabki bosqichda kamida 30 ta foydali qazilma kon
- va uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga chiqarish.
Shuningdek, 2030-yil 1-yanvargacha davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishga moratoriy joriy qilinadi.
Maydoni 10 ming metr kvadratgacha boʻlgan davlat mulki obyektlari yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqaradigan tadbirkorlarga 5-yil muddatga toʻgʻridan-toʻgʻri tekin foydalanishga beriladi hamda shartnoma shartlari bajarilgan taqdirda ushbu tadbirkorlarga baholangan qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri sotiladi.
Boshlangʻich narxini bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qoʻllangandan keyin ham 1-yildan ortiq muddatda sotilmagan va xaridorlar uchun jozibador boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlari boshqa yuridik shaxslarning ustav kapitaliga ulush sifatida kiritiladi.
Bozorlar va savdo majmualari ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiy ishtirok etishi toʻgʻrisidagi talab bekor qilinadi.








