Qarorga koʻra, davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xalqaro va mahalliy bozorlarda sotishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
- 29 ta davlat ishtirokidagi yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketini (ulushlarni) nufuzli xalqaro professional konsultantlarni jalb qilgan holda ommaviy savdolarga chiqarish;
- 12 ta davlat ishtirokidagi yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketining xalqaro va mahalliy fond bozorlarida birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini oʻtkazish.
2025-yil 1-iyulgacha Energetika vazirligining yoqilgʻi yetkazib berishning eng kam miqdori boʻyicha kafolati asosida xalqaro bozorda issiqlik elektr stansiyalarining ochiq ommaviy savdolarini eʼlon qiladi.
Bundan tashqari, 2025-yil 1-dekabrga qadar 2030-yilgacha davlat korxonalarini isloh qilish va xususiylashtirish strategiyasi ishlab chiqilishi taʼminlanadi.








