2025-yilda oʻz koʻzingiz bilan koʻrishga arziydigan yetti osmon hodisasi

    Kirib kelgan 2025-yilda professional astronomlar oddiy havaskorlarga yulduzli osmonda bir qator taʼsirli osmon hodisalarini kuzatishni vaʼda qilmoqda:

    Kvadrantidlar meteor oqimi.

    Bu har yili sayyoramizni «yogʻdiruvchi« eng kuchli oqimlardan biridir. U 3 yoki 4-yanvarda oʻzining eng yuqori nuqtasiga yetadi, shundan soʻng pasaya boshlaydi. Eng yuqori faollik paytida bir soat davomida 120 tagacha meteorni koʻrish mumkin.

    Quyosh tutilishi.

    Bu hodisa 29-mart kuni, Quyosh, Oy va Yer bir chiziqqa tizilganda sodir boʻladi. Toʻliq tutilish faqat Kanadaning janubi-sharqida istiqomat qiluvchilar uchun kuzatiladi — qolgan hududlarda u eng koʻpi bilan qisman boʻladi yoki umuman sezilmaydi.

    Toʻliq Oy tutilishi.

    7-sentyabr kuni sodir boʻladi, Oʻzbekistonning deyarli barcha hududlarida toʻliq boʻlib, uzoq vaqt davom etadi.

    Superoylar.

    2025-yilda ularning uchtasi kuzatiladi: Ovchi Oyi (7-oktyabr), Qunduz Oyi (5-noyabr) va Sovuq Oy (4-dekabr).

    Shimol yogʻdulari.

    Quyoshning 11-yillik faollik davri oʻzining eng yuqori nuqtasiga yetgani sababli, kelgusi 12 oy davomida yogʻdularni 2024-yilga nisbatan ancha tez-tez kuzatish imkoni boʻladi.