Ugandada yashin urishi oqibatida 14 bola halok bo'ldi

    Ugandadagi qochqinlar lageriga yashin urishi oqibatida kamida 14 bola halok bo'ldi, 30 nafardan ortiq bola jarohat oldi.

    Bu haqda BBC mahalliy politsiyaga tayanib xabar berdi.

    Hodisa shanba kuni mamlakat shimoli-sharqidagi Lamvodagi Palabek lagerida sodir bo'ldi, u yerda asosan janubiy sudanlik 80 mingdan ortiq qochqin saqlanadi.

    BBC ma'lumotlariga ko'ra, yashin marosim o'tkazilayotgan cherkovga urilgan. Jami 34 kishi jarohatlandi, deb xabar beradi tass.ru.