Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, tavsiyaviy miqdor — yoqilgʻisiz holda oʻrtacha 1 372 925 soʻm (bir million uch yuz yetmish ikki ming toʻqqiz yuz yigirma besh soʻm) etib belgilandi.
Tarifni hisoblashda paxta terish mashinalari turli tadbirkorlik subyektlariga tegishli ekani, ularning bozorda monopol mavqega ega emasligi, texnikalarning ish unumdorligi va qiymati turlicha boʻlishi, shuningdek, ularning kredit yoki lizing orqali xarid qilingani kabi omillar inobatga olingan.
Shu bois aniq shartnoma tuzishda xizmat narxi har bir holatda xarajatlar, talab va taklifdan kelib chiqqan holda belgilashi maqsadga muvofiqdir.








