Ishga tushirilayotgan mazkur stansiyalar viloyatlar kesimida tahlil qilinadi:
Navoiy viloyatida 2023-yilga borib umumiy quvvati 800 MVt boʻlgan 3 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi. Xususan:
1. Karmana tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 100 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiya 2021-yilning avgust oyida ishga tushirildi;
2. Nurota tumanida BAAning “Phanes Group” kompaniyasi tomonidan quvvati 200 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi 2023-yilning iyul oyida ishga tushiriladi;
3. Tomdi tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi 2024-yilning toʻrtinchi choragida ishga tushiriladi.
Samarqand viloyatida 2023-yilga borib umumiy quvvati 320 MVt boʻlgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi. Xususan:
4. Nurobod tumanida Fransiyaning “Total Eren” kompaniyasi tomonidan quvvati 100 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi 2021-yilning dekabr oyida ishga tushiriladi;
5. Kattaqoʻrgʻon tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 220 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi 2023-yil may oyida ishga tushiriladi.
6. Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida 2023-yilning may oyida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 220 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.
Sirdaryo viloyatida 2023-yilga borib 1 720 MVt boʻlgan 2 ta issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi. Xususan:
7. Yangiyer shahrida Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 220 MVt boʻlgan issiqlik elektr stansiyasi 2022-yilning sentyabr oyida ishga tushiriladi;
8. Shirin shahrida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 1 500 MVt boʻlgan issiqlik elektr stansiyasi 2023-yilning toʻrtinchi choragida ishga tushiriladi.
Toshkent viloyatida 2021-yilda umumiy quvvati 710 MVt boʻlgan 3 ta issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi. Xususan:
9. Qibray tumanida Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 240 MVt boʻlgan issiqlik elektr stansiyasi 2021-yilning toʻrtinchi choragida ishga tushiriladi;
10. Qibray tumanida Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 230 MVt boʻlgan issiqlik elektr stansiyasi 2021-yilning dekabr oyida ishga tushiriladi;
11. Qibray tumanida Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 240 MVt boʻlgan issiqlik elektr stansiyasi 2021-yilning dekabr oyida ishga tushiriladi.
Buxoro viloyatida 2024-yilga borib umumiy quvvati 1 270 MVt boʻlgan issiqlik va shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi. Xususan:
12. Peshku tumanida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi 2023-yilning dekabr oyida ishga tushiriladi;
13. Gʻijduvon tumanida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi 2023-yilning dekabr oyida ishga tushiriladi;
14. Buxoro tumanida Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 270 MVt boʻlgan issiqlik elektr stansiyasi 2021-yilning dekabr oyida ishga tushiriladi.
15. Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida 2021-yil dekabr oyida Turkiyaning “Odas Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 174 MVt boʻlgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi.
Surxondaryo viloyatida 2025-yilga borib umumiy quvvati 2 017 MVt boʻlgan quyosh va issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi. Xususan:
16. Sherobod tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 457 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi 2023-yilning iyul oyida ishga tushiriladi.
17. Angor tumanida Niderlandiyaning “Stone City Energy” kompaniyasi tomonidan quvvati 1 560 MVt boʻlgan yangi issiqlik elektr stansiyasi 2024-yilning dekabr oyida ishga tushiriladi.
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoraoʻzak tumanida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 100 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi 2024-yilda ishga tushiriladi.
Jami quvvat 7 331 MVt.
-------
Umumiy quvvati 2 000 MVt boʻlgan issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish boʻyicha tenderlar eʼlon qilingan. Xususan:
1. Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida quvvati 1 500 MVt boʻlgan issiqlik elektr stansiyasini qurish boʻyicha tender savdolari eʼlon qilingan.
2. Buxoro (250), Xorazm (100) va Namangan (150) viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish boʻyicha tender savdolari eʼlon qilingan.
Jami quvvat: 2 000 MVt.
--------
Joriy yilda umumiy quvvati 600 MVt.ga teng boʻlgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish boʻyicha tender eʼlon qilinadi. Xususan:
1. Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlarida umumiy quvvati 400 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasida quvvati 200 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish.
Jami quvvat: 600 MVt
Energetika vazirligi matbuot xizmati.