Bu haqda Oʻzgidromet tezkor xabar berdi.

Qayd etilishicha, shu yilning 22-yanvarda, 23-yanvar kuni kechasi va ertalab Oʻzbekiston boʻyicha asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi.

Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida 22-23-yanvar kunlari qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

22-24-yanvar kunlari harorat kechalari 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3 daraja sovuq-2 daraja iliqqacha; shimolda kechalari 12-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-5 daraja sovuqqacha pasayadi.