“Qamchiq” dovonida 223 ta texnika shay holatga keltiriligan

    Dovon hududida 15 ta umumiy ovqatlanish maskanlarida jami 1300 nafar yoʻlovchilarni issiq ovqat bilan taʼminlash choralari koʻrilgan.

    “Qamchiq” dovoni hududida sovuq ob-havo sharoitida dovonda faoliyat yuritayotgan 15 ta mexanizatsiyalashgan nazorat-kuzatuv guruhlarida “Qamchiq” MQYOQ boshqarmasi, YPX “Qamchiq” dovoni otryadi, Avtoyoʻl, Sogʻliqni saqlash xojimlari tunu-kun xizmat olib bormoqda.

    Shu bilan birga, dovon hududida 15 ta umumiy ovqatlanish maskanlarida jami 1300 nafar yoʻlovchilarni issiq ovqat bilan taʼminlash choralari koʻrilgan. Bundan tashqari, FVV tomonidan dovondagi 4 ta xavfli hududlarda haydovchi va yoʻylovchilarga amaliy yordam koʻrsatish, ularni isinish punktlariga joylashtirish maqsadida 16 ta chodir (palatka)dan iborat 300 nafar fuqarolarga moʻljallangan isinish joylari tashkil etilib, 9-17-yanvar kunlari jami 411 nafar yoʻlovchilar va 167 ta texnikalarga amaliy yordam koʻrsatildi.

    Shu bilan birga, “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yoʻlining “Ohangaron”, “Angren”, “Orzu”, “Temiryoʻlobod”, “Pop-2” stansiyalarida noqulay ob-havo sababli, avtomobil yoʻlida transport vositalarining cheklanishi bilan bogʻliq holatlarda fuqarolarni oʻz manzillariga yetkazish boʻyicha Shtab tashkil etilib, evakuatsiya poyezdini yoʻlga qoʻyish va yoʻlovchilarga shart-sharoitlar yaratish ishlari tashkil etilgan.

    “Qamchiq” dovoni hududida FVDT xizmatlari va kuch-tuzilmalaridan jami 896 nafar xodim va 223 ta texnikalar shay holatda xizmat olib bormoqda.