Qayd etilishicha, holat shu yilning 21-aprel kuni soat 09:45 da A-373 “Toshkent-Oʻsh“ avtomobil yoʻlining “Qamchiq“ dovonidan oʻtgan qismida sodir boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, “Toshkent-Vodiy“ yoʻnalishida harakatlangan “Cobalt” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida yoʻlning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketgan.
“Qamchiq“ maxsus-qidiruv yongʻin-qutqaruv boshqarmasiga “Cobalt” rusumli avtomobil xandaqqa tushib ketgani va amaliy yordam kerakligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, qutqaruv otryadi aytilgan manzilga tezkorlik bilan yetib borgan va “Cobalt” rusumli avtomobil xandaqdan olib chiqilgan.








