Natijada amaldagi qonunchilik hujjatlarida elektr energiyasi ta'minotida zarur bo'lgan vositalarni o'rnatish “Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari” AJga yuklatilgan bo'lsada, o'zining tabiiy monopoliya sub'ekti ekanidan foydalanib, ushbu vositalar fermerlardan undirilayotgani, ya'ni 170 ta tadbirkorlik sub'ektidan 2,3 milliard so'mga yaqin mablag' undirish holati aniqlandi.
Mazkur holat bo'yicha qo'mita tomonidan “Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari” AJga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda ish qo'zg'atilib, tegishli choralar ko'rildi.
Bugungi kunda qonunga zid ravishda olingan 2,3 milliard so'mga yaqin mablag'larni fermerlarga qaytarish (qayta hisob-kitob) choralari ko'rilmoqda.
Ma'lumot uchun: “Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari” AJ qo'mita tomonidan qabul qilingan qaror bo'yicha sudga da'vo arizasi kiritgan. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Ma'muriy ishlar bo'yicha sudlov hay'atining qarori bilan kassatsiya shikoyati Qoraqalpog'iston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi foydasiga hal qilingan, deb xabar bermoqda O'zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi matbuot xizmati.