“UzAuto Motors” mijozlariga minnatdorchilik bildirdi: "bir kunda “Chevrolet Onix” uchun 28 000 dan ortiq shartnoma"

    Kompaniya matbuot xizmati “Chevrolet Onix” sotuvi boshlanishining birinchi kunida rekord darajada shartnomalar imzolanganini maʼlum qildi.

    "Chevrolet Onix" sotuvining birinchi kuni rekord darajadagi tuzilgan shartnomalar soni bilan yakunlandi. Bir kun davomida 30 000 ga yaqin avtomobil uchun shartnoma tuzilgan bo‘lsa, 28 000 dan ortig‘i yangi "Chevrolet Onix" uchun tuzilgan.


    Ushbu ko‘rsatkich UzAuto Motors uchun mutlaq rekord. Bu boshqa kunlardagi o‘rtacha shartnomalar sonidan qariyb 30 baravarga ko‘p bo‘lib, "Chevrolet Onix"ning mutlaqo muvaffaqiyatidan dalolat beradi. Bundan tashqari, rekord ko‘rsatkich aholi farovonligining sezilarli darajada yaxshilanganini hamda iqtisodiyotning oshganini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

    Mijozlarning "UzAuto Motors" avtomobillariga qiziqishi ortish bilan birga, avtomobildan kutgani va oddiydan yaxshirog‘iga intilishi oshib bormoqda. Buni ularning tanlovidan ham ko‘rish mumkin. "Chevrolet Onix"ga tuzilgan shartnomalarning aksariyat qismi (61%i) avtomobilning top komplektasiyasi uchun tuzilgan.

    Birdan ortiq avtomobilni xarid qilmoqchi bo‘lganlarning ulushi ham bundan dalolat beradi va taxminan 45 % ni tashkil etadi. Ko‘p sonli fuqarolarimizning "Chevrolet Onix" avtomobilini pul qo‘yish vositasi sifatida ko‘rishi faqat odamlarning modelga bo‘lgan talabi va uning qiymatiga ishonishlarini anglatadi.

    Biz uchun har bir mijoz u nima maqsadda, qancha avtomobil xarid qilishidan qat’iy nazar muhim! Va bizning vazifamiz – har biri mijozning ehtiyojini qondirishdir!

    Aynan mana shu maqsadda "UzAuto Motors" avtomobil modellari qatorini yangilash uchun faol siyosat olib bormoqda, uning doirasida "Chevrolet Tracker" va "Onix" avtomobillarini ishlab chiqarish loyihalari ishga tushirildi. Shuningdek, "General Motors" bilan 2023 yilga kelib ishlab chiqarish quvvatini 500 000 dona, uzoq muddatli istiqbolda 1 million dona avtomobilga oshirish masalalari ishlab chiqildi.

    "UzAuto Motors" bozorni maksimal iste’molchilarimizga munosib bo‘lgan, eng ilg‘or opsiyalar bilan jihozlangan, zamonaviy avtomobillar bilan to‘ldirish uchun maksimal darajada bor kuch-g‘ayrati bilan harakat qilishga ishontiradi.