Transport vazirligi maʼlumotiga koʻra, majlisda tashkilotga aʼzo davlatlar vakillari oʻzaro hamkorlikda xalqaro yuk tashuvlari jarayonlarini yanada rivojlantirish, mintaqaning tranzit salohiyatini oshirish, shuningdek, muqobil transport yoʻnalishlarini rivojlantirish bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilishadi.
Tadbir doirasida Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar temir yoʻl maʼmuriyatlarining birinchi uchrashuvi hamda TDTga aʼzo davlatlar portlari rahbarlarining beshinchi uchrashuvi oʻtkaziladi.
Yigʻilish yakunlari boʻyicha Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar oʻrtasida xalqaro aralash yuk tashish toʻgʻrisida Bitim va Transport sohasida oʻzaro bogʻliqlik dasturi kabi hujjatlar kelishib olinadi.
TDT sammiti joriy yil 11-noyabr kuni Samarqand shahrida boʻlib oʻtadi.