Hujjatga dunyoning barcha mintaqalaridan 80 dan ortiq davlat hammualliflik qilgan.
Rezolyutsiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining zilzila qurbonlariga hurmat koʻrsatish va bu borada xalqaro hamkorlik zarurligini eslatish maqsadida xotira va birdamlik kunini taʼsis etish toʻgʻrisidagi tashabbusiga asoslangan.
2023-yil 16-mart kuni boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammitida Davlatimiz Rahbari tomonidan favqulodda vaziyatlar boʻyicha ixtisoslashgan xalqaro tuzilmalar bilan amaliy hamkorlikni kuchaytirish zarurligiga alohida eʼtibor qaratilgandi.
Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni ilk bor 2026-yil 29-aprel kuni nishonlanadi. Bu sana 1966-yilda Toshkent shahrida sodir boʻlgan vayronkor zilzilaning 60-yilligi munosabati bilan belgilandi.
Ushbu hujjat soʻnggi yillarda Oʻzbekiston tashabbusi bilan qabul qilingan 13 rezolyutsiya boʻldi. Mazkur rezolyutsiyaning qabul qilinishi Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganini, shuningdek, global miqyosda oʻzbek diplomatiyasi tobora rivojlanib borayotganligini yana bir bor tasdiqlaydi.









