Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro H.B. fuqaro M.G.ning farzandiga qoʻshni Qozogʻiston Respublikasidagi universitetning 2-bosqichini tugatganligi haqida hujjat tayyorlab berish orqali Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtisodiyot yoʻnalishidagi Oliy taʼlim muassasalaridan biriga 3-bosqichdan oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 1 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.