Fan mazmuniga kiritilgan yangi maqsadlarni amalga oshirishda bir muammo bor – Texnologiya fani oʻqituvchilarining mexatronika-robototexnika bo'yicha bilim va ko'nikmalari oshirish. Shuni hisobga olgan holda, Respublika taʼlim markazi va “TRANSFORMERS Education” oʻquv markazi hamkorlikda bepul 3 oylik “Mexatronika – robototexnika” onlayn oʻquv kursini o`qitish dasturini ishlab chiqdi.
Bepul kurs davomida Texnologiya fani oʻqituvchilarida amaliy ko'nikmalar shakllanishi uchun ularga zaruriy xom-ashyo va moslamalarni sotib olishlari tavsiya etiladi. 50 dan ziyod mexatronika va robototexnika uskunalari, moslama va detallari loyiha ishlarini birgalikda amalga oshirish, keyinchalik darsda va to'garaklardagi amaliy mashg'ulotlarda foydalanish uchun ayni muddaodir.
Siz Texnologiya fanining “Mexatronika–lego education. Oddiy mexanizmlar” boʻlimi boʻyicha oʻz malakangizni oshirishni xohlaysizmi?
Respublika ta'lim markazi Texnologiya fani o`qituvchilaridan mazkur soʻrovnomada ishtirok etishlarini soʻraydi.