Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari viloyat DXX, IIB va Milliy Gvardiya hodimlari bilan hamkorlikda Termiz tumanida nodir metallar, zaharli moddalar, davlat standartiga muvofiq 8-toifadagi xavfli yuklarga kiruvchi simob va simob birikmalarining noqonuniy aylanmasining oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir oʻtkazdilar.
Tadbir davomida fuqaro Sh.B. 307 gramm “simob” zaharli moddasini shartli xaridorga 30 ming AQSH dollariga sotmoqchi boʻlgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.