Koronavirus infektsiyasi homilador ayollar uchun ikki karra xavfli ekani sir emas. CHunki ularning vujudida rivojlanayotgan bolalar — millatning ertangi kelajagi. SHu bois ularni davolashga odatdagi bemorlarga qaraganda ikki hissa ko'p e'tibor qaratiladi.
Sog'liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, mamlakatimizda homilador ayollarga koronavirus tashxisini qo'yish va davolashda Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida yagona tizim hamda uslubiy yondashuv joriy etilgan.
Sog'liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig'i Barno Abdusamadovaning ta'kidlashicha, shu kunga qadar mamlakatimizda 1961 nafar homilador ayol karantinga olingan. 30 nafar bo'lg'usi onada koronavirus infektsiyasi aniqlangan. Ayni paytda ularning 22 nafari samarali davolangan. Qolgan 8 nafari muolajalarni davom ettirmoqda.