Mavsumga o'tish, shuningdek, dunyoning bir qator mamlakatlarida mahalliy vaqtni qishga o'tkazilishini anglatadi. Shu munosabat bilan parvozlar yangi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Bu haqida "Uzbekistan Airways" axborot xizmati ma'lum qildi

Qayd etilishicha, qish mavsumida Toshkent shahridan Dubayga (haftasiga 7 marta), Istanbulga esa Toshkent (haftasiga 16 marta), Samarqand (haftasiga 4 marta), Farg'ona (3 ta), Buxoro va Urganchdan (haftasiga 2 marotaba) muntazam reys amalga oshiriladi. Talab eng yuqori bo'lgan Toshkent — Moskva yo'nalishidagi qatnovlar soni haftasiga 30 tagacha ko'paytirildi.

“Olmaota, Dushanbe, Bishkekka parvozlar ham muntazam ravishda amalga oshiriladi. Toshkent — Seul parvozlariga ham talab kam emas, ushbu yo'nalish bo'yicha qishki jadvalga haftasiga 7 ta qatnov kiritilgan. Bundan tashqari, parvozlar Londonga (haftasiga 2 marta), Frankfurtga (haftasiga 3 marta), Rigaga (haftasiga 2 marta) va eng uzoq parvoz — Nyu-Yorkka haftasiga uch marotaba amalga oshiriladi.

“Uzbekistan Airways” qish mavsumining birinchi kunidan boshlab Farg'ona—Dubay—Farg'ona yo'nalishida haftasiga ikki marta parvozlarni boshlaydi va 31-oktyabrdan Toshkentdan Sharjaga parvozlar haftasiga uch marta amalga oshiriladi.

Toshkent—Kuala-Lumpur—Toshkent yo'nalishi ham 1-noyabrdan boshlanadi. Aviakompaniya, shuningdek, qish mavsumidan Tailandga parvozlarni qayta yo'lga qo'yishni rejalashtirgan. Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida “Uzbekistan Airways” Samarqand, Xorazm viloyatini Farg'ona vodiysi bilan bog'laydigan respublika ichidagi qatnovlarni ko'paytirishini ma'lum qildi.