Qorakoʻl tumanidagi Doʻrmon mahallasida 25-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini boshladi. Bu haqda Buxoro viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi maʼlum qildi.

Tantanali ochilish marosimida Buxoro viloyati prokurori, tuman hokimi, hudud faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Taʼkidlanishicha, mazkur bolalar bogʻchasi Investitsiya dasturiga asosan “Bunyod Shaxzod Fayz” MCHJ tomonidan 3 mlrd 200 mln soʻmga taʼmirlandi. Endilikda bu yerda 120 nafar bolaga taʼlim-tarbiya beriladi