Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, respublikada 2021-yilning yanvar–iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 34 318,6 million kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 2 875,4 million kVt soatga oshgan.
Elektr energiyasi ishlab chiqarish 2021-yilning:
yanvar oyida 6 427,7 million kVt soat;
yanvar-fevral oylarida 11 951,4 million kVt soat;
yanvar-mart oylarida 17 987,4 million kVt soat;
yanvar-aprel oylarida 23 528,4 million kVt soat;
yanvar-may oylarida 28 809,1 million kVt soatni tashkil etgan.
Jami elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining jami hajmida:
Sirdaryo viloyati 23,5 foiz;
Toshkent viloyati 22,2 foiz;
Qashqadaryo viloyati 19,5 foiz;
Navoiy viloyati 15,8 foiz ulushga ega.