2015 yil 27 kuni BMTning Addis-Abeba(Efiopiya)da o‘tkazilgan rivojlanishni moliyalashtirish bo‘yicha Uchinchi xalqaro konferentsiyaning Harakatlar dasturida global muammolarni hal qilishda moliyaviy tashkilotlar, bank muassasalari rolini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan.

2019 yil 9 dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, banklarning jahon iqtisodiy barqarorligi, mamlakatlarning moliyaviy holati, insoniyat turmush tarzini yaxshilashdagi ahamiyatini hisobga olib, har yilning 4 dekabr kunini Xalqaro banklar kuni sifatida nishonlash belgilangan.

Xalqaro banklar kunini unga a'zo mamlakatlar davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda, milliy manfaatlardan kelib chiqib, banklarning barqaror rivojlanishni ta'minlashdagi ahamiyatini e'tiborga olgan holda munosib nishonlash tavsiya etilgan.