Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida Urganch shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan I.B. va Sh.X. fuqaro M.Sh.ga jami 1,5 mln Rossiya rublini 211,5 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Yangi Namangan tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan Z.S. fuqaro I.S.ga jami 3 200 AQSH dollarini 40,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departamentning Gʻijduvon tuman boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan T.K. fuqaro G.H.dan jami 3 200 AQSH dollarini 40,1 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Navbahor tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan Sh.T. fuqaro N.F.ga jami 3 000 AQSH dollarini 38 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda toʻrtala holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.