Ushbu fuqarolarning 21 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari Toshkent viloyatida, 10 nafari Sirdaryo viloyatida va 5 nafari esa Namangan viloyatida tashkil etilgan tanlovlarda ish beruvchi tomonidan tanlab olingan.

Toshkent xalqaro aeroportida fuqarolar bilan targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi. Ularga tarqatma materiallar berildi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, tibbiy koʻrik va ishlash huquqini beruvchi patent uchun kerak boʻladigan aksariyat hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari Oʻzbekistonda amalga oshirilmoqda.

Rossiya Federatsiyasida qurilish sohasida ishlash istagida boʻlgan fuqarolar uchun tanlov jarayonlari davom etmoqda.