“Yoshlar taʼlim granti” ishtirokchilari uchun metsenat.uz platformasi orqali hozirgacha 1570 nafar talabadan ariza kelib tushgan. Har bir ariza ekspertlar kengashi tomonidan ikki bosqichda atroflicha oʻrganib chiqildi.
Hujjatlari belgilangan nizom qoidalariga toʻliq javob beradigan 203 nafar talabaga (36 nafari chin yetim, 3 nafari nogiron, 11 nafari mehribonlik uyida tarbiyalangan hamda 153 nafar boquvchisini yoʻqotgan) 475 834 291 soʻm miqdorda 2020/2021-oʻquv yili uchun stipendiyasiz toʻlov-shartnoma mablagʻining 50 foizi Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi hamda “Mehrli qoʻllar” xayriya jamoat fondi tomonidan begʻaraz toʻlab berildi.
Oʻtgan oʻquv yilida 120 nafar talabaga umumiy 300 000 000 soʻm miqdorda toʻlov shartnoma mablagʻlari begʻaraz tartibda toʻlab berilgan edi».