Xususan, joriy yilning 26-fevral holatiga respublikamiz boʻyicha jami 5 796 ta korxonada 656,1 mlrd. soʻmlik asossiz hisob (zachet)ga olingan qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) summalariga aniqlik kiritish boʻyicha kameral soliq tekshiruvlari yakunlandi.
Natijada:
– 5 556 ta, yaʼni 95,9 foiz korxonada (625,7 mlrd. soʻm) “soxta” operatsiyalarni amalga oshirish faktlari tasdiqlandi;
– 76 ta, yaʼni 1,3 foiz (12 mlrd. soʻm) tashkilotda QQS summasini noqonuniy hisob (zachet)ga olish fakti qisman tasdiqlandi;
– 164 ta, yaʼni nazorat tadbirlari oʻtkazilgan 2,8 foiz soliq toʻlovchilar tomonidan 18,4 mlrd. soʻmlik QQS summasini toʻgʻri hisob (zachet)ga olganligi holatlari boʻyicha asoslovchi hujjatlar taqdim etildi. Shu sababli ulardan ortiqcha olingan mablagʻlarni qaytarish boʻyicha tezkor jarayonlar boshlandi.
Shuningdek, kameral soliq tekshiruvlari jarayonida 143 ta korxona tomonidan QQS summasini toʻgʻri hisob (zachet)ga olish bilan bogʻliq yoʻl qoʻyilgan boshqa huquqbuzarliklar ham aniqlanib, ularga nisbatan 5,4 mlrd. soʻmlik soliqlar qoʻshimcha hisoblandi.
Murojaatlarni koʻrib chiqish davom etmoqda.