Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o'quv yilida umumta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma'lumotga ega bo'lmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo'lgan o'qituvchilar uchun pedagogika oliy ta'lim muassasalarida bakalavriatning sirtqi ta'lim shakli bo'yicha to'lov-kontrakt asosida alohida maqsadli qabul ko'rsatkichlarining oliy ta'lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan.
Unga ko'ra kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo'lgan o'qituvchilar uchun 14 ta pedagogika oliy ta'lim muassasasida jami 1000 ta maqsadli qabul parametrlari ajratilgan.
Tanlov Xalq ta'limi vazirligi tomonidan kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo'lgan o'qituvchilar ro'yxati Davlat test markaziga taqdim etilgandan so'ng amalga oshiriladi.