2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 4-yo'nalishi 69-maqsadida xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta'minlash nazarda tutilgan.
Navoiy viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi ana shu maqsadni amalga oshirishga kirishdi. Gap shundaki, markaz xodimlari Karmana tuman aholi bandligini ta'minlash bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tumandagi ishsiz 13 xotin-qizni 60 soatga mo'ljallangan “Tadbirkorlik” o'quv kursida o'qitdi.
O'quv jarayonida xotin-qizlar milliy hunarmandchilik yo'nalishida faoliyat olib borayotgan tadbirkor hamda markaz treneri L.Husanovaning faoliyati bilan tanishdi. Natijada, ularda amaliyotda qanday qilib o'z biznesini yo'lga qo'yish mumkinligi haqida tasavvur paydo qildi.
O'quv kursi yakuniy darsida xotin-qizlar egallagan bilimlari yuzasidan test sinovi topshirdi.
Test sinovidan o'tgan xotin-qizlarga sertifikatlar topshirildi. endilikda ular qo'lida hunari bilan o'z biznesini ochishi yoki biron korxonada bemalol ishlashi mumkin bo'ladi.