7-iyundan Oʻzbekiston Prezidentligiga saylovoldi tashviqotlari boshlanadi

    Saylov 5 Iyun 2023 1011

    Bugun Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

    Majlisda:

    - Xalq demokratik partiyasidan Ulugʻbek Ilyosovich Inoyatovni,

    -Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni,

    -Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Robaxon Anvarovna Maxmudovani,

    - Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan Abdushukur Xudoyqulovich Xamzayevni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi.

    Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini oʻtkazish masalasi muhokama etildi.

    Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 2023-yil 7-iyundan boshlanishi qayd etilib, qaror qabul qilindi.