Saylovda roʻyxatga olingan saylovchilarning 15 million 27 ming 529 nafari, yaʼni 74,72 foizi ovoz berdi.
Saylov natijalariga koʻra, ovozlar quyidagicha taqsimlandi:
— Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi: 5 194 041 yoki 34,75 foiz va 26 ta deputatlik oʻrni;
— “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi: 2 812 493 yoki 18,82 foiz va 14 ta deputatlik oʻrni;
— Oʻzbekiston Ekologik partiyasi: 1 960 764 yoki 13,12 foiz va 10 ta deputatlik oʻrni;
— Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi: 2 558 016 yoki 17, 11 foiz va 13 ta deputatlik oʻrni;
— “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi: 2 420 857 yoki 16,20 foiz 12 deputatlik oʻrni.
Eslatib oʻtamiz, Respublika tarixida birinchi marta aralash saylov tizimidan foydalangan holda saylovlar oʻtkazildi.