“Chiroyli raqam” hosil qilishga ahd qilgan xitoylik Chjan Junjun va uning eri davlat qonunini buzishdi. Yettita farzand koʻrganlari uchun ular allaqachon 1 million yuandan koʻproq (155 ming AQSH dollari) jarima toʻlab boʻlishdi. Chunki ular ushbu toʻlovsiz besh oʻgʻil va ikki qizlariga bolalar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ololmasdi.
Xitoydagi cheklovga qaramay, Chjan oʻz bilganidan qolmadi. Uning fikricha inson katta oilada hech qachon yolgʻiz qolmaydi.
Maʼlumot uchun aytish joizki, 1979-yildan 2015-yilgacha Xitoy hukumati “bitta oila — bitta bola” demografik siyosatini olib bordi. 2016-yil boshidan buyon mamlakat fuqarolariga ikkita farzandli boʻlishga ruxsat berildi.