8 ta maqsadga erishish uchun 24 topshiriq

    Hukumat 26 Yanvar 2022 1973

    Qaysi yurtda qonun ustuvor boʻlsa, taraqqiyot kuzatilgan. Bu keyingi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar mezoniga aylangan.

    Natija esa hammamizning koʻz oldimizda, dunyo hamjamiyati nigohida: Oʻzbekistonda barcha sohada katta evrilishlar boʻlmoqda, xalqimiz hayoti yaxshilanib, turmushimiz farovonlashmoqda.

    — Bizning bu boradagi pozitsiyamiz oddiy, shu bilan birga, oʻzgarmas va qatʼiydir. Yaʼni, “Jamiyatimizda qonun – ustuvor, jinoyatga jazo – muqarrar”, degan prinsipni ogʻishmay amalga oshirishimiz kerak. Odamlar bizdan shuni kutyapti, Bu boradagi ishlarni Prezidentga koʻrsatish uchun qilmanglar, u xiyonat boʻladi, xalqni rozi qilish uchun qilinglar, — dedi Prezident.

    Shuningdek, davlatimiz rahbari adolat va qonun ustuvorligini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish yoʻnalishidagi vazifalar ijrosi yuzasidan tegishli mutasaddilarga alohida topshiriq berdi. Unda 8 ta maqsadga erishish uchun 24 topshiriq koʻzda tutilgan.