Xorijiy davlatdan poytaxtimizda faoliyat yurituvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga olib kelingan yuk konteynerlari Toshkent shahar bojxona boshqarmasi «Toshkent-tovar» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, avtomobil ehtiyot qismlari joylashtirilganligi ko‘rsatilgan mazkur 3 ta konteynerlarda hujjatlarda qayd etilmagan, umumiy qiymati 9 milliard 612 million so‘mlik kiyim-kechaklar va boshqa tovarlar mavjudligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilyapti, deb xabar beradi davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.