Ushbu ilmiy muassasa laboratoriya xodimi I. Kritskov izohlashicha, bunday muzliklar maydoni tuproqdan daryo kabi suv manbalariga tuproq orqali katta miqdorda turli moddalar, jumladan metan va karbonat angidri gazi o‘tishidan himoyalaydi. Shu tarzda global isish jadallashuvini pasaytirishga yordam beradi.

Xalqaro miqyosdagi olimlar guruhi G‘arbiy Sibir tekisligida 1500 kilometr masofa bo‘ylab tuproq namligi, botqoq, ko‘l, daryo va irmoqlar bo‘ylarida atmosfera hamda okean, yer ustida suvning muntazam harakatlanishi va uning tabiatga, iqlimga ta’siri bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishdi.

Olingan ma’lumotlar Arktika va Shimoliy muz okeani tomondan oqadigan daryolarning abadiy muz qatlamlari erishiga va global isishga ta’sirini bashorat qilishga asos bo‘lishi mumkin. Natijalar Water Research jurnalida e’lon qilingan.

“Muzlagan jinslar boshqa suv manbalariga tarkibiga qo‘shilib ketmaguncha erib ketmaydi. Bundan tashqari ular tog‘ jinslarining o‘zaro ta’sir ko‘rsatishga to‘sqinlik qiladi” deb izohlaydi I. Kritsov. Mutaxassislar fikricha, abadiy muzlik erishining surati umumiy isish holatiga ham bog‘liq. Ammo bu jarayon tez sodir bo‘lmaydi. Chunki jarayonga haddan ziyod sovuq va issiq havo oqimi ketma-ketligi ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli global isishning vaqt chegaralarini baholash qiyin. Bu o‘n yillar bilan o‘lchanadi, deb yozadi ria.ru.