Ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan Vazir Elchini lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi va ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashda unga muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarni hozirgi holati va aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston tomoni Bangladesh bilan yengil sanoat, turizm va taʼlim sohalaridagi hamkorlikni yana-da mustahkamlashga alohida ahamiyat berishi qayd etildi. Tomonlar ushbu yoʻnalishlarda aniq loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini maʼlum qildilar.
Uchrashuvda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Uchrashuvda tovar ayirboshlash hajmini yana-da oshirish va nomenklaturasini kengaytirish dolzarbligi taʼkidlandi.
Turli darajalarda boʻlib oʻtadigan qoʻshma tadbirlar toʻgʻrisida fikr almashildi.
Muzokaralar davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.