Magistratura mutaxassisliklari boʻyicha Prezident stipendiyasi gʻoliblari tasdiqlandi

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hayʼat qarori bilan 2024/2025-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalari magistratura bosqichining 20 nafar talabasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovi gʻolibi sifatida tasdiqlandi.

    Qayd etilishicha, tanlovda ishtirok etib, sovrindor boʻlmagan talabalar ham tegishli OTM rahbari (rektor/direktor) tomonidan ragʻbatlantiriladi.

    Shuningdek, Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilgan ammo sovrindor boʻla olmagan talabgorlarga bazaviy stipendiya miqdorining 5 baravari;

    — Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabgorlari esa, bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.

    Maʼlumot uchun, joriy oʻquv yilida magistratura mutaxassisligi boʻyicha jami 124 nafar talabgor nomzodlarning hujjatlari taqdim etilib, 20 ta yoʻnalishda tanlovning soʻnggi — suhbat bosqichiga tavsiya etilgan 57 nafar talabgor bilan alohida suhbatlar oʻtkazildi. Suhbat natijasi Maxsus tanlov komissiyasi tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan gʻoliblar tavsiya etildi.

    Prezident davlat stipendiyasi gʻoliblari roʻyxati.